XALQARO HAMKORLIK: YANGI INVESTITSIYAVIY LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-09-22 15:13:00 / Yangiliklar
Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari S. Abdikarimov boshchiligida Indoneziyaning Turizm va Umra masalalari bo‘yicha uyushmasi Prezidenti janob Rizki Sembada boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xorijiy hamkorlar bilan Toshkent shahrida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar jarayonida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, istiqboldagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.






