PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI: YOSHLARGA AJOYIB TUHFA!
2026-09-10 15:05:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkent shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kitobxon Toshkent” loyihasining 3-mavsumi doirasida Uchtepa tumanidagi 44- va 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga jami 1 000 dona badiiy va ma’rifiy kitobdan iborat adabiyotlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
📚 Bu — yoshlar uchun shunchaki kitob emas, balki bilim, tafakkur va yangi imkoniyatlar sari ochiladigan yana bir eshikdir.
👍 Mazkur ezgu tashabbus orqali maktab kutubxonalarining kitob fondi boyitilib, o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish muhitini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌐 Zero, kitob o‘qigan yosh — fikrlaydi, izlanadi va kelajakni bunyod etadi!
⚙️ Yoshlar kunida taqdim etilgan ushbu tuhfa yoshlarimizga yangi bilim, ezgu g‘oyalar va ulkan orzular sari dadil qadam tashlashlarida munosib ko‘makchi bo‘lsin!





