UCHTEPADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHOKAMAVIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-09-10 14:16:00 / Yangiliklar
Uchtepa tumani Madaniyat saroyida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokamaviy yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Azimov, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi o‘ribosari J.Abdiyev,
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari S. Abduvaliyev hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S. Usmanbekov hamda tuman prokurori S.Muxtarov boshchilik qildi.
Yig‘ilish davomida mahallalarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarining vazifalari batafsil tushuntirildi.
Asosiy yondashuvlar:
Sababni aniqlash — oilaning kambag‘allikka tushib qolish sabablarini manzilli va chuqur o‘rganish;
Imkoniyatni topish — mehnatga layoqatli oila a’zolari, ularning kasbi, malakasi va mavjud ichki resurslarini aniqlash;
Daromad manbaini yaratish — ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik yoki loyihalar orqali barqaror daromad manbaini shakllantirish; Natijani o‘lchash — aholining real daromadi va barqaror bandligini muntazam monitoring qilib borish.
Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va barqaror daromad manbalarini yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.




