UCHTEPA TUMANIDA “OPEN BUDJET” LOYIHALARI QAY DARAJADA?
2026-09-04 16:00:00 / Yangiliklar
Bugun Uchtepa tumani hokimi, tuman prokurori hamda qurilish sohasi mas’ullari tomonidan 328- va 360-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Open Budjet” loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari navbatdagi bor ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan qurilish jarayonining borishi, bajarilgan ishlar sifati hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi.
📊 “Open Budjet” loyihalari doirasidagi ishlar belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
⚙️ Qurilish jarayonlari mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olinib, obyektlarda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.







