BILIMLAR KUNI MUBORAK!
2026-09-02 09:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Barchangizni yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bayrami shukuhi bilan hamohang tarzda nishonlanayotgan 1-sentabr — Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlarimizning beg‘ubor nigohlarida hayajon, qalblarida esa ulkan orzu va ezgu niyatlar mujassam.
Aziz farzandlarimizga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuksak marralar va yorqin muvaffaqiyatlar tilayman.
Qadrli ustozlar!
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, mehringiz va sabr-toqatingiz kelajak avlod kamolotining mustahkam poydevoridir. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi va kelajagi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo samarali bo‘lsin.
Yangi o‘quv yili barchamizga yangi marralar, ulkan yutuqlar va ezgu imkoniyatlar olib kelsin!
Bilimlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjanov
