SOLIQ ORGANLARI XODIMLARI VA SAHA FAXRIYLARIGA TABRIK
2026-08-12 10:46:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Sizlarni kasb bayramingiz — Soliq organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Soliq tizimi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, davlat byudjeti daromadlarining barqaror shakllanishi hamda tadbirkorlik uchun qulay va adolatli muhit yaratishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan ado etib kelayotganingiz tahsinga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu mehnatingiz samarali bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjanov
