SHAXSIY QABUL O'TKAZILDI
2026-08-19 19:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-avgust kuni Uchtepa tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan xotin-qizlar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar xotin-qizning murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, amaliy choralar belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va muammolariga amaliy yechim topish — doimiy e’tiborda.
