TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2026-08-11 10:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 11-avgust kuni tuman hokimining birinchi o'rinbosari A.Azimov, tuman hokimligining yuristi M.Choriyev hamda bosh mutaxassisi A.Arziyev ishtirokida "Zarafshon" MFYda ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 781-sonli Qonunga muvofiq Xalq Deputatlari Toshkent shahar kengashining 2026 yil 29 iyuldagi “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishida ochiq muhokama o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi VII-25-113-14-0-K/26-sonli qarori ijrosi tushuntirildi.

