SHAHSIY QABUL: AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA HAL ETILMOQDA
2026-08-11 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 11-avgust kuni Uchtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Azizbek Azimov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 4 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, asosan uy-joy subsidiyasi va imtiyozli kredit ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Farzandining ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratildi;
Shuningdek, o‘zining nonvoychilik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan fuqaroga “Sanoat Qurilish Bank” orqali imtiyozli kredit ajratilishi ta’minlandi.
Qolgan murojaatlar yuzasidan ham mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Aholi murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida!

