AHOLI MUROJAATLARI – HOKIM NAZORATIDA!
2026-08-10 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 10-avgust kuni Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov tuman Xalq qabulxonasida aholining murojaatlarini tinglash va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi shahsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 6 nafardan ortiq aholi murojaatlari atroflicha tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan ayrim masalalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Ta'kidlanganidek, barcha murojaatlar belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganiladi. O‘rganish ishlari yakunlangach, aholi bilan qayta bog‘lanilib, murojaatlar yuzasidan qabul qilingan qaror va erishilgan natijalar haqida batafsil ma'lumot beriladi.





