UCHTEPA TUMANI HOKIMINING YOSHLARGA BAYRAM TABRIGI
2026-06-30 09:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar — jamiyatimizning eng katta kuchi, yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning yorqin kelajagiga bo‘lgan ishonchimizdir.
Sizlarning bilimga intilishingiz, tashabbuskorligingiz, fidoyiligingiz va ezgu maqsadlaringiz Vatanimiz taraqqiyotining muhim poydevoridir.
Bugungi kunda yoshlarimizning har bir sohada erishayotgan yutuqlari, yangi g‘oyalari va bunyodkorlik ishlari barchamizga faxr bag‘ishlamoqda.
Sizlarning orzu-intilishlaringiz ro‘yobga chiqishi, iste’dod va salohiyatingizni to‘la namoyon etishingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratish bizning ustuvor vazifamizdir.
Aziz yoshlar!
Doimo yuksak maqsadlar sari dadil intiling, ilm-fan, hunar va zamonaviy bilimlarni egallab, o‘z iste’dodingiz bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing.
Har biringizning qalbingizda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat va kelajakka ishonch tuyg‘usi yanada mustahkam bo‘lsin.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ulkan zafarlar va hayotingizda doimo omad yor bo‘lishini tilayman.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjanov
