AHOLINING HAR BIR MUROJAATLARI – ECHIM TOPMOQDA
2027-07-07 15:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 6-iyul kuni Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabuli o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Qabul yakunlariga ko'ra:
🔹 1 nafar ishsiz xotin-qizga bolalar massajchisi yo'nalishi bo'yicha o'qish uchun vaucher ajratildi;
🔹 1 nafar ishsiz yoshga shaxmat to'garagini tashkil etish uchun joy ajratildi;
🔹 3 nafar fuqaroning ichki ko'cha yo'llarini asfaltlash bo'yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.
Uchtepa tumanida har bir murojaat e'tibordan chetda qolmaydi. Aholilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o'z vaqtida hal etish hamda hayot sifatini yaxshilash bo'yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.





