UCHTEPADA NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL TASHKIL ETILDI
2026-06-24 15:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 24-iyun kuni Uchtepa tumani Xalq qabulxonasida Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Aripova Maktuba Qabulovnaning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida xotin-qizlar tomonidan bandlikni ta'minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy masalalar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yechim topish borasidagi qabullar tumanda har kuni izchil davom ettirilmoqda.
Inson qadri va manfaatlarini ta'minlash – faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishidir.


