UCHTEPA TUMANI YOSHLARINING YANGI LOYIHALARI TAQDIMOTI TINGLANDI
2026-06-19 08:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 18-iyub kuni Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar Yuridik texnikumida Toshkent shahar prokurori v.v.b. A.Urmonov, Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov hamda tumandagi mutasaddi rahbarlar ishtirokida yoshlarning yangi loyiha va tashabbuslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida yoshlar tomonidan innovatsion g‘oyalar, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, ta'limni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar namoyish etildi.
Mutasaddi rahbarlar har bir loyiha bilan yaqindan tanishib, ularning amaliy ahamiyati, istiqbollari va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib, loyihani amalga oshirish uchun "Kelajakga qadam" loyiha dasturi asosida 300 000 000 hamda 100 000 000 so'mli mablag' sertefikatlari topshirildi.
Yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar Uchtepa tumanida izchil davom ettirilmoqda.





