HURMATLI UCHTEPA TUMANINING KITOBSEVAR YOSHLARI!
2026-05-06 18:00:00 / Yangiliklar

Aziz yoshlar, agar siz:
📖 Kitob mutolaa qilishni yaxshi ko‘rsangiz;
📖 O‘qigan asarlaringiz haqida erkin va qiziqarli fikr yurita olsangiz;
📖 Bilimingizni sinab ko‘rib, g‘oliblar safidan joy olishni istasangiz;
🌟 Unda ushbu tanlov aynan SIZ UCHUN!
👦👧 Tanlovda 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
🏆 TANLOV 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI:
🔹 1-bosqich — Saralash bosqichi
Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida hakamlar hay’atiga taqdimot qiladilar hamda berilgan savollarga javob beradilar.
🔹 2-bosqich — Final bosqichi
Saralangan 10 nafar ishtirokchi hakamlar hay’ati tomonidan berilgan kitobni o‘qib, uning mazmuni bo‘yicha test sinovlarida qatnashadilar.
🎁 G‘oliblarni qimmatbaho va esdalik sovg‘alari, kitoblar to‘plami hamda ko‘ngilochar maskanlarga bepul yo‘llanmalar kutmoqda!
📍 Manzil: 238-sonli umumta’lim maktabi
🕚 Sana va vaqt: 18-iyun, soat 10:00
Bilimingizni namoyon eting, kitobga bo‘lgan muhabbatingizni isbotlang va "YOSH KITOBXON" safidan joy oling!
