ZARGARLIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XALQARO UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-06-16 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida mamlakatning asosiy investitsiya platformalaridan biri bo‘lgan 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tumandagi «Fanon» korxonasida Uchtepa tumanida zargarlik sanoatini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kichik biznes forumi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, hokim o‘rinbosari S.Abdikarimov , «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi raisi N.Miraxmedov, mahalliy tadbirkorlar hamda Hindiston, BAA, Xitoydan tashrif buyurgan zargarlik sohasidagi yirik tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Kichik biznes forumi doirasida zargarlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.






