UCHTEPA TUMANI HOKIMI TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMIDA ISHTIROK ETMOQDA
2026-06-16 18:00:00 / Yangiliklar

Xususan, Uchtepa tumanining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan zargarlik sanoatini rivojlantirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Forum davomida xorijiy yirik tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda zargarlik sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahsulotlarning eksport salohiyatini yanada oshirish istiqbollari muhokama qilinmoqda.
Uchtepa tumani hokimligi tomonidan investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


