UCHTEPA TUMANI YOSHLARINING MUROJAATLARI TINGLANDI, INOBATGA OLINDI
2026-06-11 17:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 11-iyun kuni Uchtepa tumanidagi 238-sonli umumta’lim maktabida tumandagi ishsiz yoshlar uchun keng qamrovli ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik, tuman Soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i, tuman Jinoiy ishlar bo‘yicha sud raisi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi raisi, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda amaliy yechimlar belgilab olindi.
Shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.




