UCHTEPA TUMANIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-06-10 11:30:00 / Majlislar
2026-yil 5-iyun kuni Uchtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi B. Mamadjanov raisligida yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish hamda bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman prokurori, tuman IIB FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda tegishli boshqarma va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunar va zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda og‘ir toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar yakunida mas’ul rahbarlar va mutasaddi tashkilotlarga yoshlar bilan ishlash tizimidagi mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, har bir mahallada manzilli ishlarni kuchaytirish hamda yoshlar siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlar masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.




