UCHTEPA TUMANDAGI XOTIN-QIZLARNING JAMIYATDAGI ROLINI OSHIRISH, GENDER TENGLIK VA OILA MASALALARI, YOSHLARNI DAVLAT VA JAMIYATDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH
2026-04-02 14:00:00 / Yangiliklar

Seminarda respublikamiz bo'ylab mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida hamda oila-turmush munosabatlari doirasida ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish, oilalarni manzilli va mukammal o‘rganish hamda jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma va amaliy tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari, yoshlarni davlat va jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni erkin fikrlashga o‘rgatish xamda ularda liderlik qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha fikr-muloxazalar bo‘lib o‘tdi.

