UCHTEPA TUMANIDA BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
2026-03-18 18:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 18-mart kuni Uchtepa tumani hokimligida Uchtepa tumani prokurori o‘rinbosari F.Aliyorov hamda tuman iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi A.Murodovlar tomonidan tuman hokimligi xodimlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig‘ilish oʻtkazildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Barchamiz birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borib, adolatli va ochiq jamiyat qurishga hissa qo‘shamiz.




