UCHTEPA TUMANIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
2026-05-22 00:00:00 / Yangiliklar

Unda Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov boshchiligidagi delegatsiya hamda Vyetnam Respublikasining “ROX Group” kompaniyasi vakillari — ko‘chmas mulk sohasi bo‘yicha loyiha direktori Janob Le Hoang Hay, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Thanh Do Chung, loyihalarni rivojlantirish menejeri Minh Dang Duc, katta yuridik maslahatchi Parvina Karimova hamda bosh direktor Aziz Burxanov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tumanda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmalarni yaratish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Uchtepa City” loyihasini amalga oshirish, uni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan taklif hamda tashabbuslar bildirildi.
Mazkur uchrashuv xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududda zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.


