Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi
2025-08-25 15:30:00 / Yangiliklar
“Telekommunikasiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–142-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.
✔️ Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.
🏛 Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o'z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo'ladi.
Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7696606
