Nurafshonda yangi yo‘nalishli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi
2025-10-05 20:25:00 / Jamoat transporti

🚌 Nurafshonda yangi yo‘nalishli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-son qarori asosida, Nurafshon shahrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘nalishli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.
📅 Joriy yil 7-oktabrdan boshlab, shahrimizda 2 ta yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
🚌 1-raqamli avtobus yo‘nalishi: Qorasuv – Burgalik
🚌 2-raqamli avtobus yo‘nalishi: “Makro” supermarketidan – Bobur ko‘chasi orqali– “Degantepa” MFY – Nurafshon city – “Makro” supermarketigacha(aylanma yo‘nalish)
Mazkur avtobus yo‘nalishi yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida doimiy ravishda harakatlanadi.
🕕 Harakat vaqti: soat 06:00 dan 22:00 gacha.
Avtobuslar aholiga qulay, xavfsiz va arzon narxlarda xizmat ko‘rsatadi.
