Nurafshon shahriga zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda
2025-09-26 15:41:00 / Jamoat transporti

🚌 Nurafshon shahriga zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda
Prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy harakat tarkiblarini (yangi avtobuslarni) olib kelish ishlari davom etmoqda.
Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Nice trans” korxonasi tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan zamonaviy 6 dona "YUTONG" hamda 6 dona “HIGER” rusumli avtobuslar keltirildi. Mazkur avtobuslar Nurafshon shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Viloyatda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida joriy yil boshidan buyon Olmaliq shahriga 42 dona, Angren shahriga 15 dona hamda Nurafshon shahriga 8 dona avtobuslar olib kelinib, brutto shartnoma asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
