Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilmoqda
2025-04-12 10:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNICEF), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” nomli yangi qo‘shma dastur ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan Nurafshon shahar, Zangiota, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda BMT Bolalar jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi va “Yuksalish” harakati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandum imzoladi.
Tomonlar bolalar va yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini kuchaytirish, sifatli davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kelishib olindi.
Ma’lum miqdoridagi moliyaviy ko‘maklar ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Mazkur hududlarning bu loyihaga qo‘shilishi kelgusida yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish va modernizatsiyalash, shuningdek, inklyuziv boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
