Tokioda Yaponiyaning yirik işbilarmon doiralari bilan amaliy muloqot va muzokaralar davom etmoqda
2026-11-11 09:45:00 / Yangiliklar

Yaponiyada xizmat safarida bölib turgan Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi viloyat delegasiyasi mamlakat poytaxti Tokio şahriga keldi va Yaponiyaning nufuzli işbilarmon doiralari vakillari bilan uçraşuv va muzokaralarga kirişdi.
Delegasiyaning dastlabki uçraşuvi Yaponiyaning töqimaçilik sohasida salmoqli tajriba va salohiyatga ega bölgan «Masui Holdings Co., Ltd.» kompaniyasi vakil direktori va direktorlar kengaşi raisi Keydzi Masui bilan bölib ötdi.
Muloqot davomida Toşkent viloyatida töqimaçilik sanoatini yanada rivojlantiriş, yapon texnologiyalari va sifat standartlarini joriy etiş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş hamda eksport geografiyasini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, «Masui Holdings» guruhining maxsus iplar işlab çiqariş böyiça tajribasidan foydalangan holda viloyatda ana şunday turdoş aşyolar tayyorlaş va böyaşga ixtisoslaşgan qöşma korxona taşkil etiş taklifi ilgari surildi. Mahalliy xomaşyodan foydalanib, tayyor mahsulotlarni Yaponiya va Xitoy bozorlariga eksport qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Şuningdek, viloyat töqimaçilik korxonalari mutaxassislarini Osaka şahrida yapon sifat standartlari böyiça ikki haftalik öquv dasturi asosida tayyorlaş, texnologlar va sifat nazoratçilarining malakasini oşiriş taklif etildi.
Uçraşuvda yana bir muhim taşabbus — viloyatdagi istiqbolli töqimaçilik korxonalarida yapon mutaxassislari iştirokida sifat auditini ötkaziş va uning natijalari asosida 2027-yilning birinçi çoragida Yaponiya bozori uçun 2–3 ta model böyiça sinov partiyalarini işlab çiqariş masalasi ham muhokama qilindi.
Loyiha va taşabbuslarni röyobga çiqarişdi viloyat hokimligi zarur taşkiliy kömak körsatiş, jumladan, qöşma korxona uçun yer maydoni va mahalliy hamkor topiş, xomaşyo ta’minotini yölga qöyiş, mutaxassislarni tanlaş hamda yapon ekspertlarining taşriflarini taşkil etişga tayyor ekani ma’lum qilindi.
Ta’kidlaş joizki, «Masui Holdings» töqimaçilik xomaşyosi va mahsulotlarini import qiliş, qayta işlaş hamda sotiş bilan şuğullanuvçi xalqaro biznes guruhi hisoblanadi. Uning tarkibida Yaponiya va Xitoydagi bir qator işlab çiqariş korxonalari mavjud. Guruhning Toşkent şahrida ham «MASUI TAŞKENT» MÇJ korxonasi faoliyat yuritadi.
Uşbu uçraşuv Toşkent viloyatining töqimaçilik sanoatiga investisiya va ilğor texnologiyalarni jalb etiş, mahalliy korxonalarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoşligini oşirişda yangi imkoniyatlar yaratişi bilan ahamiyatli böldi.



