Zoyir Mirzayev örmon xöjaligi hamda yoğoçni qayta işlaş böyiça bir qator hamkorlik takliflarini ilgari surdi
2026-10-26 17:00:00 / Yangiliklar

Xabar qilganimizdek, şu kunlarda viloyatimiz delegasiyasi navbatdagi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bölib turibdi. Safar dasturiga muvofiq, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mezbon mamlakat örmon xöjaligi vaziri Sergey Uldinoviç bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot kun tartibidan örmon xöjaligi, yoğoçni qayta işlaş, tayyor mahsulotlar tayyorlaş hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş yönalişlarida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin oldi.
Zoyir Mirzayev Belarus Respublikasining örmon xöjaligini samarali taşkil etiş, örmonlarni tiklaş, yoğoç xomaşyosini çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş borasidagi tajribasi Toşkent viloyati uçun muhim ahamiyatga ega ekanini mamnuniyat bilan ta’kidladi va viloyatda mazkur yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytirişga doir bir qator istiqbolli loyihalarni ilgari surdi.
Xususan, mebel, yoğoçdan quriliş materiallari, durodgorlik buyumlari va boşqa tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça qöşma korxonalar taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqiş taklif etildi. Bunda Belarus korxonalarining zamonaviy texnologiyalari, işlab çiqariş uskunalari va ilğor tajribasini Toşkent viloyatiga olib kiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, yoğoç xomaşyosini kompleks qayta işlaş, yoğoç plitalar va pelletlar tayyorlaş, qayta işlaş jarayonida hosil böladigan çiqindilardan unumli foydalanişning samaralari xususida söz bordi.
Toşkent viloyatining tabiiy-iqlim şaroiti, xususan, quruq iqlim va suv resurslaridan oqilona foydalaniş zaruratini inobatga olgan holda, köçat yetiştirişning zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş, köçatxonalar taşkil qiliş hamda qurğoqçilikka çidamli daraxt turlarini köpaytiriş yuzasidan hamkorlik taklif etildi.
Mazkur yönalişlarda tajriba almaşiş, Belarus mutaxassislarini jalb qiliş, soha vakillari örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş hamda zamonaviy uskunalar yetkazib beriş yuzasidan fikr almaşildi.
Toşkent viloyati tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş uçun yer maydonlarini taqdim etiş, mahalliy hamkorlarni topiş va loyihalarni amalga oşiriş jarayonlarini qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirildi.
Uçraşuv yakunida özaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilab oliş, manfaatdor Belarus korxonalarini aniqlaş hamda taklif etilgan loyihalarni amaliy jihatdan işlab çiqiş muhimligi ta’kidlandi.



