Minsk avtomobil zavodiga taşrif: sanoat kooperasiyasi va transport sohasida yangi istiqbolli qadamlar
2026-10-26 13:35:00 / Yangiliklar

Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi viloyat delegasiyasi Belarus Respublikasiga xizmat safari doirasida Minsk şahridagi maşhur MAZ — Minsk avtomobil zavodida böldi.
Viloyat delegasiyasi mezbonlar hamrohligida salohiyatli korxonadagi işlab çiqariş jarayonlari bilan bevosita tanişdi.
Viloyat delegasiyasi va zavod rahbariyati örtasida sanoat kooperasiyasini rivojlantiriş, maxsus texnika işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, jamoat transporti parkini yangilaş hamda özaro manfaatli investisiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Minsk avtomobil zavodi oğir yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar, kommunal va maxsus texnikalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan, uzoq yillik tarixga ega yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona mahsulotlari orasida yuk taşuvçi avtomobillar, maxsus uskunalar örnatişga möljallangan şassilar, zamonaviy avtobuslar va elektr transport vositalari mavjud.
Zoyir Mirzayev MAZ boş direktori Valeriy Ivankoviç boşçiligidagi korxona rahbariyati bilan muloqotda avtozavodning Özbekiston bozoridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, MAZ bilan hamkorlikni Toşkent viloyatida yangi işlab çiqariş loyihalarini yölga qöyiş va mavjud korxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş orqali kengaytiriş yuzasidan qator takliflar bildirildi.
Nurafşon şahridagi «Nurafşon maxsus texnika» korxonasi negizida MAZ şassilarida kommunal va maxsus texnikalarni yiğişni taşkil etiş imkoniyatlari mavjud. Bu borada çiqindi taşuvçi maxsus avtomobillar, avtosisternalar va kran-manipulyatorlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş istiqbolli yönalişlardan biri sifatida qayd etildi.
Hamkorlikning yana bir muhim yönalişi — viloyat şaharlarida jamoat transporti va yuk avtomobillari parkini yangilaş. Xususan, viloyatimizda hududlar ehtiyojidan kelib çiqib, avtobuslar va yuk avtomobillarini bir neça yil davomida bölib tölaş yoki lizing asosida yetkazib beriş imkoniyatlarini körib çiqiş taklif etildi. Bunday yondaşuv transport infratuzilmasini bosqiçma-bosqiç modernizasiya qiliş va transport korxonalarining moliyaviy yukini yengillaştirişga kömaklaşişi bilan e’tiborlidir.
Şuningdek, Toşkent viloyati hududida MAZ texnikalariga xizmat körsatiş markazi hamda ehtiyot qismlar omborini taşkil etiş masalasi ham muhokama qilindi.
Tomonlar örtasida sanoat kooperasiyasini çuqurlaştiriş istiqbollari ham e’tibordan çetda qolmadi. Avtomobil ramalari qismlari va turli metall buyumlarni mahalliy korxonalarda işlab çiqarişni yölga qöyiş, şuningdek, texnik mutaxassislarni tayyorlaş, muhandislar tajribasini almaşiş va kadrlar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik masalalari şular jumlasidandir.
Toşkent viloyatida sanoatni diversifikasiya qiliş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, investisiyalarni jalb etiş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytirişga qaratilgan işlar doirasida MAZ bilan hamkorlikni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi, deb qayd etdi viloyat hokimi.






