Parkentda «Qöşçinor» çiroqlari mangu porlaydi
2026-10-24 14:15:00 / Yangiliklar

Bugun Parkent tumanida aholining, ayniqsa, yoşlarning maʻnaviy-maʻrifiy salohiyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga xizmat qiluvçi yangi «Qöşçinor» maʻrifat maskanining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, atoqli ijodkorlar, olimlar, ustoz va muallimlar, jamoatçilik vakillari, deputatlar iştirok etdi.
Mazkur maskan Özbekiston Ryespublikasi Prezidentining Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida belgilab bergan vazifalari doirasida, 19 milliard söm mablağ evaziga qisqa muddatda barpo etildi.
Yangi majmuada ulkan va zamonaviy axborot-kutubxona markazi, Yoşlar işlari agentligi, Maʻnaviyat va maʻrifat markazi hamda yoşlar uçun turli tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan. Bu yerda kitobxonlikni ommalaştiriş, yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş uçun zarur imkoniyatlar yaratilgan.
Oçiliş marosimida Parkent ahlini uşbu muhtaşam va muazzam maʻrifat oşiyoni bilan qutlar ekan, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maʻnaviyat va maʻrifat maskanlarining jamiyat hayotidagi örniga alohida töxtaldi.
Darhaqiqat, mamlakat taraqqiyoti intellektual salohiyat, yuksak maʻnaviyat va mustaqil fikrlaydigan avlod tarbiyasi bilan çambarças boğliq.
Sözga çiqqanlar Parkentning boy tarixiy merosi, ilm-maʻrifat va ijod anʻanalari haqida söz yuritdilar. Tuman zaminidan yetişib çiqqan atoqli ijodkorlar, olimlar, sanʻat va madaniyat namoyandalarining ijodi va faliyati yoş avlod uçun maʻnaviy ibrat maktabi ekani qayd etildi.
Yangi maʻrifat maskanida adabiy uçraşuvlar, kitob taqdimotlari, ijodiy suhbatlar va maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlarni muntazam taşkil etiş muhimligi taʻkidlandi.
Ayni paytda Toşkent viloyatida axborot-kutubxona xizmatini rivojlantiriş borasida ham salmoqli işlar olib borilmoqda. Hududlarda 21 ta axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritib, ularning kitob fondi bir million nusxadan ziyodni, foydalanuvçilar soni esa 353 ming nafarni taşkil etadi.
Yangi «Qöşçinor» maʻrifat maskani ham uşbu yönalişdagi işlarning mantiqiy davomi bölib, Parkent ahli, xususan, yoşlarning bilim olişi, maʻnaviy kamol topişi va ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişi uçun muhim imkoniyat yaratadi.
Marosim yakunida markazning barpo etilişida iştirok etgan barça mutasaddilar va quruvçilarning mehnati eʻtirof etildi.
Özbekona udumga köra jonliq söyilib, oş tortildi. Faxriy mehmonlar markaz xiyoboniga manzarali daraxtlar ötqazişdi.
Marosimda Prezident maslahatçisi, Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonov sözga çiqdi.









