Parkentdagi baxshichilik kechasi Pokiston internet nashrida keng yoritildi
2026-10-20 14:30:00 / Xorij OAvda e'lon qilingan matireallar

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Kumushkon turistik qishlog‘ida o‘tkazilgan «Go‘ro‘g‘li dostoni avlodlar ovozida» nomli baxshichilik kechasi Pokistonning Media Online Today internet nashrida yoritildi.
Nashrda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, qahramonlik dostonchiligi an’analari va baxshichilik san’atining ma’naviy merosni asrab-avaylashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, «Go‘ro‘g‘li», «Alpomish» va «Kuntug‘mish» kabi dostonlarda mujassam bo‘lgan jasorat, sadoqat, vatanparvarlik va inson qadri kabi ezgu g‘oyalar ta’kidlangan.
Manba: Media Online Today
