Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov, Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i Tuymurod Ergashev hamda Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari Muhammadsodiq Mo‘minov hududdagi yo‘lovchi tashish korxonalari rahbarlari bilan muloqot
2026-09-17 10:30:00 / Jamoat transporti

Muloqot davomida hududda jamoat transporti faoliyatini tubdan isloh qilish, aholiga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish masalalari keng muhokama qilindi.
Yig‘ilishda shaharda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy naqd pulsiz to‘lov tizimini to‘liq joriy etish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, hududga brutto shartnomasi asosida yangi avtobus va mikroavtobuslar olib kelayotganligi aytilib, belgilangan yo‘nalishlarda Damas avtomashinalari qatnoviga qat’iy chek qo‘yilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ogohlantirishlar berildi.






