Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
2026-09-29 13:20:00 / Jamoat transporti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
Ochiq tender 2026-yil 29-oktabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 28-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Toshkent viloyati
Shahar atrofi yo'nalishi
551 — G'azalkent AShB-Qoramozor qishlog'i (M1)
264 — Parkent mahallasi-Bo'ka dehqon bozori (M1)
