Piskent tumani Kengashi: yarim yillik faoliyat sarhisob qilindi
2026-07-24 19:10:00 / Brifing
Batafsil
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Abralov olti oy davomida Kengash faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati, qabul qilingan qarorlar hamda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda deputatlarning ishtiroki, aholi murojaatlarini o‘rganish va tegishli masalalarni Kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi.
