“Ubayd” mahallasida “Yangi kun” ijtimoiy xizmati ish boshladi
2026-09-08 17:15:00 / Ijtimoiy himoya

Ohangaron tumanining “Ubayd” mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yangi kun” ijtimoiy xizmati o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur xizmat ruhiy holatida buzilishlari mavjud bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga kunduzgi parvarish ko‘rsatish, ularning ijtimoiy hayotga moslashuvi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.
Tadbirkor Sevara Buribayeva tashabbusi bilan tashkil etilgan xizmat ayni paytda 8 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni qamrab olgan. Bu yerda ularning kundalik hayot ko‘nikmalarini rivojlantirish, muloqotga kirishish va foydali mashg‘ulotlarga jalb etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.





