Davlat ta’minotidagi, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar xonadonlari energiya tejamkor holatga keltirildi
2026-08-27 18:50:00 / Ijtimoiy himoya

Xususan, Yuqori Chirchiq tumanining Toshto‘g‘izoq mahallasida yashovchi, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs Kuldigul Berdiyeva xonadonida dastur doirasida ta’mirlash va energiya tejamkorlikka qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Xonadonga pandus o‘rnatilib, eshik va romlar yangisiga almashtirildi. Uy to‘liq ta’mirdan chiqarilib, hammom qurib berildi, isitish tizimi yangilandi.
Tumanning Navro‘z mahallasida yashovchi, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs Akmal Ablukeremov, Jumabozor mahallasida yashovchi, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs Ilmira Kabirova,
Gulobod mahallasida yashonchi, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs Izzat Yodgorovning xonadoni ham energiya tejamkor holatga keltirildi.
Uyga geokollektor o‘rnatilib, eshik va romlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, hammom qurib berilib, xonadonning isitish tizimi yangilandi.
Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent viloyatida mazkur qaror doirasida jami 120 ta oila xonadoni energiya tejamkor holatga keltirilib, foydalanishga topshirildi.



