Toshkent va Turkiston viloyatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-05-29 15:30:00 / Majlislar

Memorandum doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, fan va ta’lim sohalarida tajriba almashish, shuningdek, madaniy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Forum doirasida tashkil etilgan B2B uchrashuvlari davomida ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazildi.
Unda yangi investitsiyaviy loyihalar, savdo aloqalarini kengaytirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida qator istiqbolli kelishuvlarga erishilib, kelgusidagi hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari belgilab olindi.









