Toshkent va Turkiston viloyatlari tadbirkorlari ishtirokida xalqaro biznes-forum ish boshladi
2026-05-29 14:55:00 / Majlislar






















Xabar qilganimizdek, Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov boshchiligidagi nufuzli delegatsiya viloyatimizda bo‘lib turibdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Bo‘stonliq tumanidagi “Wyndham Garden Chorvoq Darvoza” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati va Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati tadbirkorlari ishtirokida xalqaro biznes-forum o‘z ishini boshladi.
Forum ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Anjumanda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov ishtirok etib, ikki hududning hamkorlik istiqbollari yuzasidan nutq so‘zladilar.
Forum doirasida har ikki hududning investitsiyaviy salohiyati, sanoat zonalari, maxsus iqtisodiy hududlari, turizm imkoniyatlari hamda yangi biznes tashabbuslari taqdimoti o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida G2B va B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilmoqda.
Mazkur uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama manfaatli hamda istiqbolli bitimlarni imzolash rejalashtirilgan.
