“Hokim Olimpiadasi” musobaqalari davom etmoqda
2026-05-25 15:35:00 / Sport

Toshkent viloyatida “Hokim Olimpiadasi” musobaqalari yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.
Jumladan, Olmaliq va Chirchiq shaharlari hamda Yuqori Chirchiq tumanida sportning gandbol, stol tennisi, boks va velosport turlari bo‘yicha “Toshkent viloyati hokimi Olimpiadasi” musobaqalari tashkil etilmoqda.
Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
Bellashuvlar davomida sportchilar o‘z mahorati, matonati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda.
Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qiziqarli va keskin ruhdagi bahslar esa sport muxlislariga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.







