Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda
2026-05-25 15:00:00 / Ijtimoiy himoya

Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda hududlarda keng ko‘lamli ijtimoiy himoya ishlarini amalga oshirish belgilab berildi.
Shu asosda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent viloyatidagi qariyb 15 ming nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolgʻiz keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Qibray tumani "Navroʻz" mahallasidagi ana shunday xonadonlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi hamda ezgu duolar qilindi.
Ezgu va saxovatga yo‘g‘rilgan bunday tashabbuslar xalqimiz o‘rtasida mehr-oqibat va inson qadri yuksak qadrlanayotganining yana bir amaliy ifodasidir.



