“TA’LIM MANZILLARIDA ISLOHOTLAR SAMARASI”
2026-05-19 12:10:00 / Press-relizlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI BOSHQARMASI
“TA’LIM MANZILLARIDA ISLOHOTLAR SAMARASI”
PRESS RELIZ
Toshkent viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va qamrov darajasini oshirish, zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirilgan muhit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda viloyatda 877 ta umumta’lim maktabi, 1 ta Prezident maktabi hamda 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat olib bormoqda. Ularda jami 525 095 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 206 525 nafari boshlang‘ich sinf, 318 570 nafari yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim qamrovi kengaymoqda
Viloyatda jami 2 345 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Jumladan:
· 574 ta davlat,
· 21 ta tashkilotga qarashli,
· 138 ta xususiy,
· 47 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat,
· 1 565 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.
Hozirgi kunda 3–7 yoshli 228 853 nafar bolaning 171 341 nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lib, qamrov darajasi 74,9 foizni tashkil etmoqda.
Jumladan:
· davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 120 066 nafar,
· xususiy va nodavlat tashkilotlarga 51 275 nafar bolalar jalb qilingan.
Ta’lim sifati — ustuvor vazifa
Ta’lim muassasalarida jami 37 491 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Ta’lim sifati, avvalo, pedagog kadrlar malakasiga bog‘liq ekanligi inobatga olinib, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025–2026 o‘quv yilida 29 943 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitiradi.
O‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarning oliy ta’limga qabul ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:
· 6 545 nafari O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga,
· 901 nafari qo‘shni davlatlar oliygohlariga,
· 6 895 nafari nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlari kuchaytirildi
O‘quvchilarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish maqsadida viloyatda 66 ta tayanch maktab tashkil etildi.
Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mazkur maktablarda 94 ta ishchi kasblar va axborot texnologiyalari yo‘nalishida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xorijiy tillar ta’limida yuqori natijalar
Viloyatda xorijiy tillarni o‘qitish sifati va pedagoglar malakasini oshirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda:
· ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega pedagoglar soni 3 530 nafardan 2 726 nafarni (77,2 foiz),
· rus tili bo‘yicha S1 darajadagi sertifikat sohiblari 2 293 nafardan 1 602 nafarni (69,8 foiz) tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 156 nafarga oshgan.
Shuningdek, 60 ta maktabda ikkinchi xorijiy til o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
“Zo‘r klass” loyihasi doirasida Angren shahri, Oqqo‘rg‘on, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlariga Rossiya Federatsiyasidan 5 nafar pedagog jalb qilindi.
Yangi baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda
2025–2026 o‘quv yilida qo‘shimcha 261 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, mazkur tizim tatbiq etilgan maktablar soni 327 taga yetkazildi.
Ma’lumot uchun:
· 2023–2024 o‘quv yilida — 28 ta,
· 2024–2025 o‘quv yilida — 38 ta,
· 2025–2026 o‘quv yilida — 261 ta maktab qamrab olindi.
Raqamli ta’lim va sun’iy intellekt bo‘yicha natijalar
Joriy yilda yana 83 ta maktabni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali jihozlangan maktablar soni 875 taga yetdi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda 138 ta maktab zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan.
Shuningdek, “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida:
· omp.aistudy platformasida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar soni 144 172 nafarni,
· sertifikat olganlar soni 81 399 nafarni tashkil etmoqda.
aileaders.uz platformasida:
· 31 244 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan,
· 30 106 nafar o‘quvchi kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega bo‘lgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Toshkent viloyati respublikada 4-o‘rinni egallab turibdi.
Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi
Yil yakuniga qadar:
· 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,
· 5 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi,
· 94 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
· 4 ta tumanda “Ilk rivojlanish markazlari” tashkil etiladi;
· qamrovdan tashqari bo‘lgan 2 mingga yaqin bolani maktabgacha ta’limga jalb qilish rejalashtirilgan;
· Bo‘stonliq va Chinoz tumanlarida 12 ta mobil guruh tashkil qilinadi;
· 80 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari ochiladi;
· 4 ta qisqa muddatli guruh tashkil etiladi;
· pedagogika kollejlari negizida 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilinib, qo‘shimcha 750 nafar bola qamrab olinadi.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovini 73,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yosh avlodning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda raqobatbardosh kadrlar sifatida kamol topishiga xizmat qilmoqda.
