Viloyatda islohotlar natijadorligi atroflicha tahlil qilindi
2026-05-20 11:45:00 / Ochiq muloqot

“Nurashfon city” hududida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qurilish va obodonlashtirish ishlari hamda iqtisodiy islohotlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar va tuman hokimlari, viloyatning tegishli boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, sohalarga mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 maydagi “Toshkent viloyatini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-165-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama markazida bo‘ldi.
Xususan, hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, yangi turar-joy massivlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal barpo etish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilishda investisiya muhitini yanada yaxshilash, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat rahbari tomonidan har bir hududda ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida sohalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.









