I chorak yakunlari va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar to‘g‘risida
2026-04-28 10:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
I chorak yakunlari va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar to‘g‘risida (1-slayd)
MA’RUZA
Assalomu alaykum, hurmatli viloyatimiz faollari!
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni joriy yilning birinchi choragida hudud va tarmoqlardagi iqtisodiy o‘sish tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz 2026 yil birinchi chorak yakunlarini O‘zlari yig‘ilishida bergan topshiriqlarda qayd etilgan talablar va yil boshida tasdiqlangan rejalar asosida — tanqidiy baholab, barchamizga vazifalar va topshiriqlar berdi.
Bunda, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inflyasiyani jilovlash, ish o‘rinlari yaratish, eksportni ko‘paytirish, investisiya sifati va tadbirkorlar muammolarini hal qilish har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi belgilandi.
Birinchi chorakda viloyatning bir qator ko‘rsatgichlarda yuqori usishiga erishildi. Jumladan:
1. Yalpi hududiy mahsulot - 43,2 trln.so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 7,6 foizga o‘sdi (o‘tgan yili - 6,6 foiz). (2-slayd)
Aholi jon boshiga YAHM hajmi 13,7 mln.so‘mni (+5,8 foiz) tashkil qildi.
2. Sanoat 42,9 trln.so‘mni tashkil etib, (tarmoq 27,4 trln. so‘m, hududiy 13,2 trln. so‘m) 107,8 foizga o‘sdi (o‘tgan yili - 4,3 foiz).
Bu sohada, eng yuqori ko‘rsatkich Bo‘ka tumani (122,3 %), Oqqo‘rg‘on, Piskent (116,4 %) tumanlarida kuzatildi. (3-slayd)
3. Xizmatlar hajmi 19,8 trln so‘mni tashkil etib, 15,1 foizga o‘sdi (o‘tgan yili - 10,7 foiz).
Yuqori o‘sish sur’atlari Quyichirchiq 116,3 %, Yuqorichirchiq 116,2 %, Chinoz 115,6%, Bo‘stonliq tumani 115,5 % tumanlarida qayd etildi.
4. Qishloq ho‘jaligida hajm 7,4 trln. so‘mni tashkil etib, 2,4 foizga o‘sdi (o‘tgan yili - 3,8 foiz).
Aholi jon boshiga 1,2 mln.so‘m (2025 yil 1,0 mln. so‘m) o‘sish 100,5 foizni tashkil qildi.
5. Qurilish ishlari 6,6 trln. so‘mni tashkil qilib 7,3 foizga o‘sdi (o‘tgan yili - 20,1 foiz).
6. Viloyatda 709 mln. dollarlik xorijiy investisiya (reja 453,7 mln. dollar) o‘zlashtirilib reja 156 foizga bajarildi. (1,8 barobar).
Bo‘stonliq – 58,1 mln. dollar, Olmaliq shahri – 55,6 mln. dollar va Ohangaron tumanida – 47,2 mln. dollar miqdorida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
7. 337,7 mln. dollar (sanoat 267,1 mln.$ va meva-sabzavot 70,6 mln.$) hududiy eksport amalga oshirilib, 6 foizga o‘sdi.
Yuqori ko‘rsatkich: Qibray- 50,2 mln. dollar, Ohangaron tumanida-39 mln. dollar, Ohangaron shahrida - 17,4 mln. dollar qayd etildi.
Xurmatli yig‘ilish ishtirokchilar!
Biroq shuni ochiq aytish kerak: yaxshi ko‘rsatgichlar bo‘lgani bilan, tahlillar hali imkoniyatlar to‘liq ishlatilmayotganini ko‘rsatmoqda.
Viloyatda 7 102 ta, shundan 148 ta yirik va
6 954 ta kichik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
3 oyda 294 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.
Mamlakatda barcha sharoitlar yaratilib berilganiga qaramasdan va eng asosiysi hokimlar va birinchi o‘rinbosarlarning mas’uliyatsizligi bois
8 ta hududda sanoat prognozlari bajarilmadi va jami 1 048 mlrd.so‘m qiymat yaratilmay qoldi.
Agar bu xududlar ham ko‘rsatkichni bajarganda, sanoat o‘sishi (44,0 trln.so‘m) 108,2 foizga yetgan bo‘lardi. (amalda 107,8%)
Bajarmagan hududlar Bekobod shahar (Boboyev, birinchi o‘rinbosar Safarov) 1,9 trln.so‘m 104,6 foiz, (114,0 foiz) -9,4 bandga, Bo‘stonliq (Axmedov, Abduyusupov) 672 mlrd.so‘m 102,2 foiz (107,7 foiz) -5,5 bandga, Ohangaron tumani (Norqobilov, Sadullayev) 2,6 trln.so‘m 103,6 foiz (107,2 foiz)
-3,6 bandga, Parkent (Po‘latov, Abduxamidov) 289 mlrd.so‘m 106,6 foiz (108,0 foiz) -1,8 bandga.
Shuningdek, I chorakda 97 ta sanoat korxonasi to‘la quvvatda ishlamadi.
Oxirgi 3 yilda jami 3 576 ta sanoat korxonalar tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ularning 1 142 tasi (40,3 %) faoliyat ko‘rsatmayapti.
Bu ko‘rsatkich, Bo‘ka tumani 61 ta (59 %), Bekobod tumani 69 ta (58 %), Oqqo‘rg‘on tumani 59 ta (51 %), Bekobod shahar 47 ta (50%), Ohangaron shahar 59 ta (49%) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 40 ta korxonada sanoat hajmlari 1,4 trln. so‘mga kamaygan.
Bunda eng ko‘p kamayish Angrenda 6 ta korxona (114 mlrd.so‘m), Qibrayda 4 ta (179 mlrd. so‘m), Ohangaron tumanida 2 ta (516,4 mlrd. so‘m).
Shuningdek, yil boshida hajmini pasaytirgan
38 ta korxona joylashgan hududlarga vakil biriktirgan edik.
Biroq, Soliq boshqarmasi rahbari A.Inagamovga biriktirilgan Angrendagi ishlab chiqarish 7 ta korxonadan 5 tasida 3 oy davomida o‘zgarish bo‘lmagan.
Misol uchun, “VITA CERAMIC'S” MCHJ ichki bozordan xaridor sonini oshirish hamda mahsulot sotuvini ko‘paytirish choralar ko‘rilmaganligi sababli korxona joriy yil 1-chorakda ham o‘tgan yilga nisbatan 2,5 mlrd. so‘m hajm kamaytirgan.
Huddi shunday, “Angren Gofrokarton Fabrikasi Nikol-Pak” MCHJ da ham shunday muammolar bartaraf etilmaganligi sababli 1-chorakda 2,4 mlrd. so‘mga xajm kamaytirgan.
Bunda, Chirchiqda 7 ta korxonadan 4 tasi, Yangiyo‘l tumanida 4 ta korxonadan 3 tasi, Qibrayda 3 ta korxonadan 2 tasida ishlab chiqarish sur’ati doimiy kamaymoqda.
Bundan tashqari, tuman (shahar) sanoat shtablarida ham ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.
Xususan, 3 oyda tuman (shahar) shtablaridan jami 263 ta muammolar qabul qilingan:
Qibrayda 29 tadan 12 tasi, Parkentda
28 ta dan 6 tasi, Angren shaharda 27 ta dan 6 tasi, Ohangaron tumanida 13 ta dan 5 tasi, Bekobod shaharda 7 ta dan 3 tasi jami 47 tasi ko‘rib chiqilmagan.
Parkent tumanidagi “PARKENT ZEBOXONIM MEBELLARI” MCHJning kredit so‘rab qilgan murojaati tuman shtabi tomonidan bir oy davomida ham hal etilmagan.
Tuman hokimining 1- o‘rinbosari Abduhamidov Yorqin korxonaga bee’tibor bo‘lgan.
Viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida sanoatga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosar H.Kulmanovga e’tirozimiz ko‘p, o‘rganish, taklif berish, ko‘maklashishda o‘rni sezilmaydi. Xisobotga tayyorlansin.
Yig‘ilish qatnashchilari, viloyatda yillik inflyasiya darajasi 6,8 foizni (res: 7,1 %) tashkil etdi.
Bunda, hududlarimizdagi ishlar talab darajasida tashkil etilganda ushbu ko‘rsatkich 6,5 foizga tushurilardi.
Bunda, inflyasiya o‘sishiga ta’siri yuqori bo‘lgan.
2-INT* go‘sht mahsulotlari narxi yil boshidan 14 foizga o‘sgan bo‘lsa Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Yangiyo‘l, Qibray, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq tumanlarida 20 foiz oshgan.
* piyoz viloyatda 0,7 foiz qimmatlagan, Zangiota, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlarida 12 foizdan oshgan.
* sabzi viloyatda 10 foiz qimmatlagan, Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida 20 foizdan oshgan.
* Yog‘ viloyatda 2 foizga kimmatlagan, Zangiota, Parkent tumanlari va Chirchiq shaharda 4 foizdan oshgan.
3-INT Shu bilan birga, tuxum narxi viloyat bo‘yicha 1,3 foizga arzonlashgan bo‘lsada, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida 9 foizdan oshgan.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan 31 ta tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli 92 ga yer maydonlari bo‘sh turganligi aniqlandi.
Bular, Yuqori Chirchiqda 35, Qibrayda 15, Ohangaronda 11, Bo‘stonliqda 9, Chinozda 7, Parkentda 1 gektarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, 73 ta sanoat zonalarida 136 ga yerlar bo‘sh turibti, shundan, 46,9 ga yerlar (94 ta lotlar) infratuzilmasi mavjud bo‘lsada shu kunga qadar sotilmagan.
Bular, Ohangaron tumani 36,3 ga (48 ta), Bekobod shahar 5,2 ga (32 ta), Piskent tumani 3,7 ga (9 ta), Angren shahar 1,7 ga (5 ta)
Misol uchun, “Layt Star Uzkeramik” MCHJ tomonidan 3,4 ga yer maydonida shifer, unitaz, rakvina va kafel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi 2023 yilning 1 yanvarga qadar ishga tushirish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda texnologik uskunalar olib kelinmagan. Natijada, 1,5 ga yerdan samarasiz foydalanilmoqda.
Yana bir misol, Ohangaron shahar “Yoshlik” MFYdagi 30 gektar yer maydonida joylashgan 23 ta noturar ob’yektlarning 5 ta tadbirkorga tegishli bo‘lgan 11,8 gektari samarasiz foydalanilmoqda.
Hurmatli faollar!
Yana bir muhim masala barchani e’tiboridan chetda qolib ketmoqda.
2025 yilda 807,9 gektarlik 1 305 ta yer maydonlari tadbirkorlik uchun auksion savdolarida sotilgan.
Savol tug‘iladi, shu sotilgan yer maydonlarining nechtasi hududiy dasturlarda loyiha sifatida kiritilgan? Nechtasida qurilish boshlandi, nechtasi foydalanishga topshirildi?
Misol uchun, 2025 yilda Qibray tumanida (Xoshimov) 146,2 gektarli 72 ta lotda yer maydonlari sotilgan.
Bu kamida 72 ta loyiha, amalda Qibray tumanidan dasturlarga kiritilgan loyihalar soni 24 ta, ya’ni uchdan biri.
Yuqori Chirchiq tumanida (Po‘latov) 100 ta lotda 6,7 gektar maydon sotilgan. Dasturdagi loyihalar soni 24 ta.
Hurmali yig‘ilish ishtirokchilari!
3 oy yakuni bo‘yicha ayrim hududlarda eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
Jumladan,
Toshkent tumani (Ergashev, Investisiya bo‘yicha o‘rinbosari Zaripov) (62 %, 8,9 mln. doll) Jami 15 ta korxona 3,6 mln.doll.
“Kabel Tech Energe” MCHJ 1,5 mln. dollar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaytirilgan.
“Target- Textile” MCHJ 0,7 mln. dollar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaytirilgan.
Parkent tumani (Po‘latov, Dilovarov) (68 %, 3 mln. doll) Jami 7 ta korxona 3,6 mln.doll.
“Hilale Textiles” MCHJ tomonidan 1,2 mln. dollar kamaytirilgan.
“NOVASPIN” MCHJ 1,4 mln dollarlik eksport hajmi yo‘qotilgan.
Bekobod shahar (Babaraimova) (68 %, -1 mln. doll);
Nurafshon shahar (Xaydarov) (68 %, -3,1 mln. doll);
Angren shahar (Zayniddinov) (68 %, -1,1 mln. doll) da eksport hajmlari 70 foizga ham yetmagan.
Bu borada mazkur hududlar bo‘yicha
70 foizga yetmaganligi Prezident yig‘ilishida o‘rinli tanqid qilinib, 1 yarim yillikda o‘zgarish bo‘lmasa, javobgarlik choralari ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.
Bundan tashqari, Angren EIZ (Eshmirzayev) hududida faoliyat yuritayotgan jami 100 ta korxonadan 36 tasi eksport amalga oshirmagan.
Mazkur EIZ bo‘yicha alohida reja va ijro so‘rovi yo‘q.
Viloyat bo‘yicha 2025 yilda 95,5 mln.dollar eksport qilgan 205 ta korxonada eksport o‘tgan yilga nisbatan kamaygan (114 tasida eksport 69,5 mln. dollarga kamaygan, 91 ta korxonada eksport to‘xtagan).
Respublika rahbariyati Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 1,7 mlrd dollardan 5 mlrd dollarga chiqarish vazifasini qo‘yganligini hamma eshitdi. Toshkent viloyati - O‘zbekistonning asosiy sanoat bazasi va transport xabi sifatida - bu maqsadda markaziy rol o‘ynishi shart.
Lekin hozirgacha birorta hokim mazkur davlatga borish taklifini bermadi.
Viloyat Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida shu yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan birinchi o‘rinbosar U.Ubaydullayev va tuman va shahar hokimilari o‘rinbosarlari bugun hisobotga tayyor tursin.
2026 yilda 6,2 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish topshirig‘ini olib, Davlatimiz rahbari huzurida himoya qildik.
3 oyda 709 mln. dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirdik (yillik rejaga nisbatan 11 %).
Lekin hokimlar va investisiyaga mas’ul o‘rinbosarlarning mas’uliyatsizligi bois, dasturdagi 75 ta loyihalar moliyalashtirish ochilmagan (1-chorak uchun prognoz 181,8 mln. dollar).
Bunda, Yangiyo‘l tumanida (Jurayev) 8 ta (11,2 mln. dollar), Yangiyo‘l shahrida (Sobirjonov) 7 ta (8,1 mln. dollar), Ohangaron shahrida (Mirkamolov) (18,5 mln. dollar), Chinozda (10,3 mln. dollar) va Yuqori Chirchiqda (Polatov) (20,4 mln. dollar) 6 tadan, Ohangaron tumanida (Usmanov) 4 ta (15,3 mln. dollar), Toshkent tumanida (Zaripov) 3 ta (11,1 mln. dollar) moliyalashtirish ochilmagan.
Shuningdek, 11 ta loyihalar infratuzilmada muammolari sababli boshlanmagan.
Yangiyo‘l tumanida (Jurayev) 3 ta, Angren (Zayniddinov) shahrida 2 ta, Chirchiq (Raimjanov) va Ohangaron shaharlari (Mirkamolov), Quyi Chirchiq (Isroilov), Oqqo‘rg‘on (To‘rayev), O‘rta Chirchiq (Odinayev) va Chinoz tumanlarida 1 tadan loyihalar.
Shu bilan birga, 2026 yilga o‘zlashtirilishi belgilangan 6,2 mlrd. dollar xorijiy investisiyadan 1,6 mlrd. dollar yoki 41 foiziga loyihalar shakllantirilmagan.
Jumladan, Bo‘ka 101 mln. dollarlik (jamiga nisbatan 84,2 %), Parkent (Dilovarov) 97 mln. dollar (64,7 %), Yangiyo‘l shahar (Sobirjonov) 100,1 mln. dollar (62,6 %), Piskent (To‘xtayev) 112 mln. dollar (62,2 %), Ohangaron tumani (Usmonov) tomonidan 141,5 mln. dollarlik (61,5 %) loyiha shakllantirilmagan.
Xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarning 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga o‘tmay, faqat import va savdo-sotiq bilan shug‘ullanmoqda.
Bu korxonalar soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda, mahalliy ishlab chiqarishga hech qanday hissa qo‘shmayapti.
Eng yomon ko‘rsatkich Zangiota 18 ta korxona 215 ming dollar, Angren 22 ta 193 ming dollar, Ohangaron shahar 15 ta 117 ming dollarga to‘g‘ri keladi.
Hurmatli faollar!
Turizm yo‘nalishida ham bir qator kamchiliklar mavjud.
Xususan, 1-chorakda Ohangaron tumani “Nurobod” MFY hududida "Yunipeks" MCHJ tomonidan 10 mlrd so‘mga mehmonxona va savdo xizmatlarini tashkil etish (20 ta yangi ish o‘rni) bo‘yicha qurilish, tamirlash va jihozlash ishlari to‘liq tamomlangan.
Biroq, viloyat qurilish nazorati inspeksiyasi (Ruzmetov Bobur) ob’yektni qabul qilish ishlar orqaga surilib kelmoqda.
Bundan tashqari, Bo‘stonliq tumanidagi 34 ta loyihalarning 5 ta loyiha foydalanishga topshirmaslik xavfi mavjud.
Mazkur loyihalarga viloyat turizm boshqarmasi (Yo‘ldoshev Abduqodir), Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumani hokimliklari tomonidan e’tiborsizlik qilinib, tadbirkorlarga amaliy yordam berish choralari ko‘rilmasdan qolmoqda.
Shuningdek, “Turizm qishloq”lari Lashkarak va Yashnabod turizm qishloqlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar o‘z xoliga tashlab qo‘yilgan.
Viloyat bo‘yicha bugungi kunga qadar 9215 o‘ringa ega bo‘lgan jami 1055 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan.
Biroq, Bo‘ka, Piskent, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida yil boshidan beri bironta mehmon uylari tashkil etilmagan.
Ushbu holatlarni J.Bobodjanov qanday izohlaydi?
Viloyatning barcha shahar va tumanlarida turizmni rivojlantirish imkoni mavjud.
Misol uchun, Chinoz, Piskent, Yangiyo‘l va Bo‘ka tumanlarida baliqchilik va ov turizmi hamda pik-nik zonalar tashkil etish, Oqqo‘rg‘on tumani va Nurafshon shahrida ochiq osmon ostida muzeylar, Qibray, Toshkent, Zangiota, Yuqori Chirchiq tumanlarida agro turizm kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalar tashkil etish imkoniyatlari mavjud.
Shuningdek, har bir hududni o‘z tarixi, yodgorliklari va buyuk shaxslari mavjud bo‘lsada, soha mutaxassislarini jalb etgan xolda yangi muzeylar tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari D.Babajanov tomonidan xech qanday taklif yo‘q.
Hurmatli faollar!
Viloyatida istiqomat qilayotgan 3,2 mln nafar aholi ehtiyoji uchun 547 ming tonna kartoshka, 107 ming tonna piyoz, 107,4 ming tonna sabzi, 30,9 ming tonna guruch, 90 ming tonna go‘sht, 44,7 ming tonna parranda go‘shti, 737 mln dona tuxum.
Shuningdek, 1 091 ta chorvachilik sub’yektlariga ajratilgan 49,8 ming gektar maydon ozuqa maxsulot yetishtiriladi.
Bunda, 81 foiz maydonlarda intensiv texnologiyalar joriy qilinmagan.
Yangiyo‘l, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq tumanlarida bu sohada ishlar boshlanmagan.
Bundan tashqari, viloyat aholisini sutga bo‘lgan talabi 117 foizga, baliq mahsulotiga bo‘lgan talabi 146 foiz qoplangan.
Lekin sut Zangiotada 86 foizga, Baliq Parkentda 1 foiz, Ohangaronda 8 foiz, Bo‘stonliqda 9 foiz, Qibrayda 11 foiz, Toshkentda 13 foiz, Yuqori Chirchiqda 24 foiz, Piskentda 54 foiz, Bo‘kada 68 foiz qoplangan xolos.
Shuningdek, yangi tizimga asosan 6 400 ga maydonni auksionga chikarish belgilangan bo‘lsada, Bekobod 630 ga, Bo‘ka 700 ga, Oxangaron 680 ga, Bo‘stonliq 560 ga, Yangiyo‘l 450 ga, Yuqori Chirchiq 410 ga, Oqqo‘rg‘on 420 ga, O‘rta Chirchiq 350 ga, Chinoz 400 ga, Parkent 380 ga, Piskent 480 ga, Quyi Chirchiq 320 ga, Qibray 260 ga, Toshkent 180 ga yerlarni 1 oy muddatda auksionga chiqarish lozim.
2026 yil hosili uchun asosiy maydonlarga kartoshka ekish ishlari viloyat bo‘yicha 90 ta fermer xo‘jaliklari 913 gektar, dexqon xo‘jaliklari
355 gektar maydonda ekish ishlari yakunlanmagan.
Jumladan, Yangiyo‘l tumani 65 ta fermerda
493 gektar, Bekobod tumani 23 ta fermer 286 gektar yakunlanmagan.
Bo‘ka tuman hokimining birinchi o‘rinbosari biriktirilgan dexqon xo‘jaliklarda jami
59 ga kartoshka ekinlari ekish ishlari yakunlanmagan.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!
Viloyatimiz hududlarida elektr yo‘qotishi
10 foizni tashkil etmoqda.
Biroq, Bo‘kada 23 foiz yoki 1-chorakda 8,5 mln kVt yo‘qotilgan, bu degani 56 mingdan ziyod o‘rtacha aholi xonadonlarining bir oylik sarfiga teng (Jo‘rayev Sharofiddin).
Bekobod tumanida 23 foiz yoki 9 mln kVt (Qurilish bo‘yicha o‘rinbosar Haqqulov), Piskent 23 foiz (5,7 mln kVt, Abduazimov), Oqqo‘rg‘on 22 foiz (4,6 mln kVt, Normatov), Parkentda 20 foiz (10,6 mln kVt, Akramov), O‘rta Chirchiq 20,1 foiz (14 mln kVt yoki 9 300 dan ziyod aholining bir oylik iste’moli, Saidxojayev), Nurafshon shahar 20 foizni (6,3 mln kVt, Shomurodov) tashkil etmoqda.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Maxmudov 5 kun muddatda yo‘qotishni eng kamida 10 foizga tushirish bo‘yicha transorfmatorbay chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Shuningdek, yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdorlik joriy yil 1 yanvar holatiga 286 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatgich 1 aprel holatiga bor yo‘g‘i 2 mlrd so‘mga kamaytirilgan bo‘lsa, Bo‘stonliq aholi bo‘yicha 816 mlnga (Axmedov), O‘rta Chirchiq 30,4 mlnga (Kasimov), Qibray 14,1 mln (Rashidov) so‘mga ortgan (viloyat elektr sotish rahbari Gʻulomov Murod).
Hurmatli foallar!
Eng yomoni tabiiy gazdan debitor qazdorlik bo‘yicha Respublikada birinchi o‘rindamiz (Muxamedov Jamshid), 1 yanvar holatiga 1 038 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa 1 aprel holatiga kelib 4,1 mlrd so‘mga qisqartirilib, 1 034 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu Chirchiqda 14,2 mlrdga (M.Abduraximov), Qibrayda 6,6 mlrdga (M.Rashidov) oshib ketgan. So‘z beriladi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari
Viloyada jami 140 ta gaz shaxobchalari mavjud bo‘lib, 23 tasi elektron platformaga ulanmagan. (O‘zenergioinspeksiya viloyat boshqarmasi Shuxrat Muxammedov)
Bu Yangiyo‘l tumanida 7 ta, Yuqori Chirchiqda
6 ta, Ohangaron tumanda 3 ta, Chinozda 2 ta, Bo‘ka, O‘rta Chirchiq, Piskent tumanlari, Chirchiq shahrida 1 tadan.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari
Yana muhum masalalrdan biri - bu mikro GESlar qurilishi. 2025-2026 yillar davomida jami 264 ta 19,7 MVt quvvatli mikro GES loyihalari amalga oshirish belgilangan.
Shundan, 2025 yil davomida 131 ta loyiha doiraisda 3,1 MVt loyiha ishga tushirilishi belgilangan bo‘lsada, bor yo‘g‘i Zangiotada 640 kVt mikro GES ishga tushirildi. Mazkur GESda yillik 3 mln kVt elektr ishlab chiqarilmoqda. Bu 300 ta xonadon iste’moliga teng.
Qaror bilan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan bo‘lsada loyihani amalga oshirilishida ishlar mutlaqo qonqarsiz ahvolda.
“Tashkentgidroyenergo” MCHJ (manzili Bektemir tumani, direktor Shukurov Nurxon) eng ko‘p 96 ta shundan, Bo‘kada 24 ta, Olmaliqda 15 ta, Chinozda 14 ta, Bo‘stonliqda 11 ta, Piskentda 10 ta, Bekobod tumanida 9 ta, Ohangaron tumani, Chirchiqda 4 tadan, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiqda 2 tadan, Ohangaron shahar 1 ta loyiha g‘olibi bo‘lgan, biroq ishlar boshlanmagan. (Mahmudov xisoboti)
Eng achinarlisi 30 ta loyihalarning muddati
6 oydan o‘tgan bo‘lsada tegishli chorlar ko‘rilmagan.
Chinoz 11 ta “Tashkentgidroyenergo” MCHJ, “Dono nur” MCHJ 5 tadan, “Shaxmar” MCHJ 1 ta;
Bekobod shaharda 4 ta “Miravaszar” MCHJ
3 ta, Bekobod hayot farm MCHJ 1 ta;
Angrenda 3 ta “Nurobodnon” MCHJ, “Shaxmar” MCHJ, “Lumigren” MCHJ;
Chirchiqda 3 ta “Bo‘stonliq green energy” 2 ta, “Hydro polis” MCHJ 1 ta;
Bundan tashqari, 24 oy ichida ishga tushirilmagan 3 ta loyiha mavjud.
Bekobod shaharda 2 ta “Bekobod shahar tomorqa hizmati” MCHJ, “Bekobod hayot farm” MCHJ;
Angren shaharda 1 ta “Lumigreyen” MCHJ.
Bo‘stonliq va Bo‘ka tumanlarida mikro GESlar bo‘yicha taqdimoti eshitiladi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari
2026 yilda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va legallashtirish doirasida 22 357 ta sub’yekt bo‘yicha 610,2 mlrd so‘mlik qo‘shimcha manba aniqlandi.
4 oyda 7737 ta sub’yektdan 69,9 mlrd so‘m qayta hisobot olinib, 68,1 mlrd so‘m (11,2%) byudjetga undirildi.
Biroq, Bo‘ka, Parkent, Chinoz, O‘rtachirchiq va Zangiota tumanlari ko‘rsatkichlari viloyat darajasidan past.
Qurilish sohasida 138 ta sub’yektdan 10,1 mlrd so‘m aniqlanib, 77 tasidan 2,0 mlrd so‘m (19,9%) undirildi.
Biroq, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Parkent va Bo‘ka orqada qolmoqda.
Savdo va xizmatlarda 23 866 ta sub’yektdan
243,2 mlrd so‘m aniqlanib, 9 936 tasidan 41,5 mlrd so‘m (17,1%) undirildi.
Bekobod, Olmaliq shaharlari va Yangiyo‘l Bekobod tumani past ko‘rsatkichda.
Sanoatda 2 185 ta sub’yektdan 363,6 mlrd so‘m aniqlanib, 2 132 tasidan 114,5 mlrd so‘m (31,5%) undirildi.
Piskent, Bekobod, O‘rtachirchiq, Chinoz va Oqqo‘rg‘on past natija ko‘rsatgan.
Soliq nazoratida 11 147 ta tekshiruv orqali 1,2 trln so‘m aniqlanib, 1 582 ta sub’yektdan 491,7 mlrd so‘m to‘liq undirildi.
“Gʻoliba Agro Plyus” - 9,2 mlrd so‘m QQS, “Zalal Movafaq FZ” - 8,8 mlrd so‘m, “Multinational Mine Group” - 27,0 mlrd so‘m foyda solig‘i byudjetga tushirildi.
Bosh prokuraturada yashirin iqtisodiyotga qarshi “Shtab” tashkil etilgan, viloyat prokuraturasi va soliq organlari bu ish bo‘yicha aniq metodologiya va reja tuzishi lozim.
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha viloyat prokuraturasi va soliq organlari “faoliyatini to‘xtatdi” deb ko‘rsatilgan korxonalarni real faoliyatiga qarshi monitoring o‘tkazadi. Har oy “tumanbay” axborot beriladi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari
Muammoli kreditlar hajmi 1,2 trln so‘mni tashkil etmoqda.
Bir qator bank filiallari va hududlarga beparvolik sabab 1 229 mlrd.so‘m, (370 mlrd.so‘m oilaviy tadbirkorlik dasturlarida) muammoli kreditlar saqlanib qolmoqda.
Xususan, Turon bankning Zangiota BXM
86 foizga, Aloqa bankning Toshkent viloyati BXM
83 foiz va Chirchiq BXM 61 foizga, Xalq bankining Qibray BXM 79 foizga, Xalq bankining Keles hamda Milliy bankning Angren BXM 60 foizga, O‘zsanoatqurilishbankning Angren BXM 57 foizga bajarmagan.
Hududlarda: Angren shahri va Yuqorichirchiq tumani 20 foizga, O‘rtachirchiq tumani 18 foizga, Quyichirchiq tumani 10 foizga bajarmagan.
Shu bilan birga, 1 aprel holatiga muammoli kreditlar hajmi 1 229 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 189 mlrd so‘mga oshgan. Jumladan,
Aloqa bank 61 mlrd so‘mga, O‘zsanoatqurilishbank 31 mlrd so‘mga, Agrobank 29 mlrd so‘mga, Milliy bank 21 mlrd so‘mga, Xususiy banklar 43 mlrd so‘mga o‘sgan.
Hududlarda: Yangiyo‘l tumani 50 mlrd so‘mga, Olmaliq shahar 19 mlrd so‘mga, O‘rtachirchiq tumani va Yangiyo‘l shahar 11 mlrd so‘mga, Zangiota tumani 10 mlrd so‘mga o‘sgan.
Shuningdek, joriy yilda 1 647 ta tadbirkorlarga 2,4 trln.so‘m kredit ajratilib, 142 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan xolos (Soliq ma’lumoti asosida).
Bunda, Bekobod, Quyi Chirchiq, Ohangaron, Toshkent, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Bekobod, Yangiyo‘l shaharlarida birorta yangi ish o‘rinlari yaratilmagan.
Bo‘ka, Zangiota, Piskent, Chinoz tumanlari 1 tadan yangi ish o‘rinlari yaratilgan xolos.
Ma’lumot uchun, ushbu hududlar o‘rtacha 50 mlrd.dan kredit ajratgan.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari
Davlatimiz rahbari 3-7 yoshli bolalar qamrovini 80 foizga yetkazish topshirig‘i berilgan edi.
Yangiyo‘l tumani 58 foiz, O‘rta Chirchiq 63 foiz, Bo‘stonliq 63 foiz, Bo‘ka 65 foiz, Zangiota 68 foiz, Chinoz 68 foiz eng past ko‘rsatkich qayd etmoqda.
Nodavlat maktab bo‘yicha:
Viloyatda 55 ta xususiy maktablar tashkil etilib, 16 766 nafar o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.
Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlari nodavlat maktablar tashkil etilmagan.
Dual ta’lim. 2026 yilda jami 30 597 nafar o‘quvchilarining 22 foizi ya’ni 6 710 nafari dual ta’lim shaklida o‘qitish rejasi tasdiqlangan.
Tuman (shahar) hokimliklariga ishlab chiqarish va yirik korhonalarni texnikumlarga biriktirish belgilangan.
Birinchi chorakda 5 317 nafar yoki 17 foiz qamrab olindi.
Biroq, Bekobod shahar - 3 foiz (1-son texnikumi 3,3 foiz), Piskent -8 foiz (2-son - 9,4 foiz), Oqqo‘rg‘on - 8 foiz (1-son 7,3 foiz), Olmaliq shahar – 9 foiz ya’ni (1-son 9,9 foiz, 3-son 6,4 foiz), Quyi Chirchiq - 9 foiz (2-son 5,9 foiz, 1-son 9,4 foiz) bilan eng past natijani qayd etmoqda.
Ohangaron tumani 1-son texnikumi dual ta’lim umuman tashkil etmagan.
Sog‘liqni saqlash.
2025 yildagi PF-88-sonli Farmoniga asosan, ishga tushish muddatini qo‘yish Angren, Oxangaron va Nurafshon shaharlari, Piskent, Parkent Bo‘ka Qibray, O‘rta Chirchiq, Chinoz Toshkent tumanlarida onlayn navbat olish tizimi ishga tushirilmagan (infokiosk ajratilmagan) .
Oxangaron, Nurafshon shaharlari va Qibray, Parkent, O‘rta Chirchiq tumanlarida “Elektron resept” tizimi yo‘lga qo‘yilmagan.
Birgina Yangiyo‘l tumanda “Elektron resept” tizimini joriy qilish uchun 115 ta kompyuterlarga ehtiyoj mavjudligicha qolmoqda.
Toshkent tumani va Chirchiq shahar tibbiyot birlashmalarida video kuzatuv kameralari o‘ranatilmagan va situasion markazga ulanmagan.
Yoshlar bandligi bo‘yicha:
Viloyatdagi 7 119 nafar ishsiz yoshlarning 4 128 nafar (62 foiz) bandligi ta’minlandi.
Bekobod tumani 755/220 nafar (35 foiz), Bo‘stonliq 395/157 nafar (40 foiz), Angren 374/153 nafar (41 foiz) viloyatda eng past ko‘rsatkichda.
Mas’ullar kesmida tahlil qilinsa, Angren shahar hokimining Investisiya bo‘yicha o‘rinbosarlari (J.Zayniddinov), Bo‘stonliq tuman Tibbiyot birlashmasi (R.Unarov) 19 nafardan 2 nafarini, Zangiota tumani Halq bank rahbari (J.Pirmatov) 14 nafardan 3 nafarini, Yangiyo‘l shahar Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i M.Gʻulomova 13 nafardan 3 nafarini bandligini ta’minlagan xolos.
Hurmatli faollar!
Topshiriqqa muvofiq, hududlarda energiya ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi tashish va boshqa xizmatlarni “Aqlli shahar” tizimi va “Situasion markaz”ga integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi.
Biroq, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, O‘rtachirchiq, Piskent, Chinoz, Ohangaron, va Oqqo‘rg‘on tumanlarida hyech qanday ishlar amalga oshirilmagan.
Aniq sun’iy intellektni qo‘llash uchun yo‘nalish tanlab tegishli yo‘nalish bo‘yicha korxonalar bilan amaliy ishlar olib borilmagan.
Davlat idoralarini “Ko‘kdala” tajribasi asosida yagona ma’muriy markazga joylashtirish topshirig‘i bir necha marotaba berilganiga qaramasdan rejalar pala-partish ya’ni mutlaqo muammoli hududlar tanlangan.
Birinchisi – eski fikrlash (mentalitet inersiya). Ayrim rahbarlar “ko‘rsatgich yomon emas” deb xotirjamlikka berish.
Prezident yig‘ilishida bu holat aniq qoralandi: “Kimda-kim 1-chorak ko‘rsatgichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa, xato qiladi.” Toshkent viloyatida ham ushbu xavf haqiqat.
Ikkinchisi - ijro mexanizmining zaifligi. Rejalar bor, topshiriqlar berilgan, mablag‘ ajratilgan. Ammo “kun oxirida nima o‘zgardi” degan savol hokimlar va viloyat hokimi o‘rinbosarlarini qiynamayapti.
Uchinchisi - rejalashtirish yo‘qligi. Prezident yig‘ilishida barcha rahbarlar “A”, “B”, “V” rejalar bilan yurishi kerakligi ta’kidlandi.
Ammo bunday “zapas reja” madaniyati viloyatda hali keng joriy etilmagan.
Xurmali viloyat faollari!
Viloyatda imkoniyati katta, resursi bor, ammo ushbu imkoniyatlar hali to‘la ishlatilmayapti. Bu rahbarlikning ishi yomonligini emas, balki “yaxshi” dan “a’lo”ga o‘tish uchun hali katta zaxira borligini bildiradi.
Prezidentimiz aytganlirdek Toshkent viloyatiga ham to‘liq tegishli: “Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortib borayapti. Yilni uchdan biri o‘tib bo‘ldi. Afsuski, ayrimlar hali “uyg‘ongani yo‘q”.
Aslida muammo o‘zimizda:
1. Viloyat hokimi o‘rinbosarlari o‘z sohasi bo‘yicha vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaydi, aniq rejasi yo‘q;
* Og‘ir hududga borib o‘rganib yordam berishni yo‘lga qo‘ymagan.
* Ustuvor va nazoratdagi topshiriqlar bo‘yicha bitta korxona yoki sub’yektni namuna qilib ko‘rsatishga o‘zini qiynay olmaydi.
* Berilgan topshiriqni muddatidan oldin bajarish, aytilgandan ziyod qilib bajarishga harakat yo‘q.
Natijada telefonda, ZOOMda so‘rash yoki umumiy majlisdagi baqir-chaqirni ham ishladim deb ko‘nglini to‘q qiladi.
Hokimlarda.
1. Berilgan topshiriqqa yechim topish o‘rniga bahona izlashga o‘rganib qolish;
* O‘rinbosarga berilgan topshiriqni nazorat qilmaslik, Prezident topshiriqdlariga nisbatan beparvolik va yuzaki yondashish.
* “Yoshlar kuni”, haftada 2 ta sanoat yoki eksportyor korxonaga borish, ertalab mahalladan ishni boshlash, tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar va boshqalar.
2. Mamlakat rahbari tomonidan vidioselktor va yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosiga kirishishda o‘ta sustkashlik.
24 soat ko‘cha, mahallalarni ixtisoslashtirish, banklar bilan hamkorlikdagi loyihalar, sun’iy intellekt.
3. Respublika darajasida namuna qilib ko‘rsatilgan tajribalarni amalga oshirishda loqaydlik:
Urganch tajribasi, Qashqadaryo tarjribasi, vodiy tajribasi, M.Ulug‘bek tajribasi v. h.k.
E’tiboringiz uchun rahmat!
