Chirchiqda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 18:15:00 / Sport

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi, universitet rahbariyati, korxona va tashkilotlar, bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.
Yarmarka davomida ish beruvchi vazirlik, muassasa, tashkilot va korxonalarga universitet tomonidan Joriy oʻquv yilida universitetni tamomlayotgan jami 1934 nafar bitiruvchi kurs talabalari haqidagi maʼlumotlar ish beruvchilar eʼtiboriga havola qilindi.
Tadbir doirasida Sport vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar, shuningdek, Jizzax viloyati sport boshqarmasi, Andijon viloyati sport boshqarmasi hamda Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshliqlari, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi rahbarlari ishtirokida universitet bitiruvchilari bilan ochiq muloqot va amaliy uchrashuv “workshop” ham tashkil etildi.
Mazkur tadbirda jami 63 ta hamkor tashkilot va muassasalar ishtirok etdi. “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri yakunlari boʻyicha ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 394 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, universitet talabalariga ishga joylashish, amaliyot oʻtash uchun yoʻllanmalar berishdi.





