Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar Chirchiq shahri misolida o‘rganildi
2026-04-22 10:45:00 / Ijtimoiy himoya

Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng shahardagi ijtimoiy obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, Chirchiq shahridagi 20-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
100 o‘rinli mazkur muassasa alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ijtimoiy moslashuvi hamda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Kamolot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning uy-joy sharoiti o‘rganilib, unga amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Shaharda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilayotgan qulay infratuzilma, Kunduzgi parvarish xizmatlari faoliyati hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.









