Qibray tumanida yoshlarga yangi imkoniyat — Botanika mahallasida futbol maydoni foydalanishga topshirildi
2026-03-06 13:35:00 / Sport
Qibray tumanining Botanika mahallasida yoshlar va mahalla aholisi uchun zamonaviy sun’iy qoplamali yopiq futbol maydoni foydalanishga topshirildi.
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 1,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu sport maskani 2 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qiluvchi mahalla yoshlari uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini yaratadi.
Hududda piyodalar yo‘laklari barpo etilib, o‘rindiqlar o‘rnatildi hamda atrof-muhit ko‘kalamzorlashtirildi.
Mazkur sport inshooti yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
