Tug‘ruq majmualariga kislorod ta’minoti uchun mablag‘lar yo‘naltirilmoqda
2026-03-05 16:10:00 / Sog'liqni saqlash

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi 110 o‘rinli Olmaliq hamda 120 o‘rinli Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazlarini kislorod bilan ta’minlash maqsadida viloyat hokimi farmoyishiga asosan mahalliy byudjetdan 1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur mablag‘lar hisobiga tibbiyot muassasalarida barqaror kislorod ta’minoti yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mazkur markazlar uzluksiz va samarali faoliyat yuritmoqda.
Bu, ayniqsa, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini asrashda muhim omil bo‘lmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: 2025-yilda Quyi Chirchiq, Bekobod, Toshkent tumanlararo perinatal markazlarida kislorod stansiyalarini o‘rnatish uchun 1,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirilgan edi.
