Ramazon oyi munosabati bilan salomatlik aksiyasi tashkil etildi
2026-03-14 16:00:00 / Sog'liqni saqlash

Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyorjon Umarov boshchiligidagi shifokorlar jamoasi tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron tumani aholisi uchun salomatlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida Markazning kardiolog, onkolog, urolog, plastik xirurg, pediatr, LOR, nevrolog va xirurg tomonidan kengaytirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Shuningdek, aksiya doirasida bir qator yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.
Salomatlik aksiyasining asosiy maqsadi — aholiga, ayniqsa bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yordamni yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli davolash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.





