Qo‘shma loyihalar va yangi sarmoyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi
2025-12-29 18:50:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Bashqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda viloyat rahbari 2025 yilda ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘lgani, Toshkent viloyati hokimligi kelgusi yilda ham hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yangi samarali loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, hozirda viloyat savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi Ufa shahrida bo‘lib turgani, shu munosabat bilan Iglin tumani ma’muriyati va barcha rasmiylarga tadbirkorlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuv davomida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bu loyihalar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.
Muloqot yakunida tomonlar kelgusi yilda ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirishda birgalikda harakat qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.




