Fermerlar uchun nazariy bilim va amaliy tajribalar
2025-11-21 20:40:00 / Yangiliklar

Yuqori Chirchiq tumanidagi “Bog‘bon Shukurullo bog‘i” fermer xo‘jaligida “Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun — kelajak uchun poydevor” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Soha mutasaddi va mutahassislari, olimlar va ekspertlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etgan anjumanda bog‘-tokzorlardagi har bir bo‘sh maydondan samarali foydalanish, dala chetlariga manzarali va mevali ko‘chatlar ekish, shuningdek, bog‘ qator oralariga to‘qsonbosti ekinlarini joylashtirish bo‘yicha atroflicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi, o‘zaro tajribalar almashildi.
Shuningdek, agrotexnologiyalarni yanada rivojlantirish, yerdan oqilona va unumli foydalanish, intensiv bog‘dorchilikni kengaytirish, suv resurslarini tejovchi texnologiyalarni qo‘llash hamda sohaga yangicha innovasion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan yangiliklar va fikr-mulohazalar bayon etildi.
Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh. Gʻaniyev, O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi A. Haitov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X. Qoraboyev hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi







